Mutallibov Solih (1900, 19.03- Toshkent-1979.18.03)- tilshunos olim.
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971). Boshlang’ich ta’limni eski maktabda olgan, so’ng madrasada
o’qigan (1912-1916). O’qituvchilar kursini (1918) tamomlab, internat,
maktablarda dars bergan. Samarqand Pedagogika akademiyasida o’qigan (1928-1931). Toshkentda
3-xotin-qizlar bilim yurtiga o’qituvchi (1932-1934). Pedagogika ilmiy tadqiqot
institutida xodim (1934-1936). O’zbekiston
FA Til va adabiyot institutida
ilmiy xodim (1938-1978). “11-asr yodgorliklarida fel kategoriyasi” (1955), “Morfologiya va
leksika tarixidan qisqacha ocherk” (1959), “Alisher Navoiyning aforizmlari”
(1940; 1968) kabi ilmiy asarlar muallifi. M. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu
lug’otit turk” asarini o’zbek tiliga nashr
ettirgan.