Rajobov Siddiq Rajabovich (1910.19.03, Qozog’istonning hoz. Taroz shahri.
- 1993.28.02, Toshkent)
- pedagog olim, ped. fanlari d-ri (1958), prof. (1959). FA haqiqiy a'zosi
(1968), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). Farg’ona ped.
institutini tugatgan (1933). Ilmiy-pedagogik faoliyatini shu institutning ped.
nazariyasi va tarixi kafedrasida assistentlikdan boshlagan. 1935 yildan Toshkent ped. institutida
o’qituvchi, 1941 - 1942 yillarda ma'muriy ishlarda. 1943 yildan «Qizil
O’zbekiston» gaz. muharriri, 1947-1961 va 1966 yildan Toshkent ped. institutining ped. kafedrasi mudiri.
1962-1966 yillarda O’zbekiston ped. fanlari i.t. instituti direktori. Ilmiy
ishlari didaktika, ped. nazariyasi. O’zbekistonda ped. tarixi masalalariga bag’ishlangan.