
Vamberi Arminiy (German) (1832.19.03, Duha –Sserdaxeli – 1913.15.09, Pesht) – sharqshunos, tilshunos , sayoh va yozuvchi. Vengriya FA muhbir a’zosi (1861). Peshtda xonadon o’qtuvchisi bo’lgan (1852-1856). Turkiya (Istanbul)da yashagan (1857-1860). Vengriya FA homiyligida Eron va Turkustonga sayohat (1863 yilidan) qilgan. Vamberi Arminiy darvesh (qalandar) niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahaliy aholi gruhiga qo’shlib Mozandarondan Bolxon ko’rfaziga keladi, so’ng Turkmaniston orqali Xiva va Qo’ng’irotga o’tadi. Qizilqumdan o’tib Buxoro, Karki va boshqa shaharda bo’ladi. Orqaga Hirod, Mashhad, Tehron va Istanbul bo’ylab qaytadi.Vamberi Arminiy tilshunoslik adabiyotshunoslik, folklor, etn., tarix va geografiyaga oid asarlar muallifi (“Nemischa-turkcha lug’at”, 1858; “Nemischa chig’atoycha lug’at” 1860; “Buxoroga oid Movannahir tarixi”, “Mening hayotim”, “Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari” va boshqalar). “Chig’atoy tili darsligi” (1867) asarlarda Vamberi Arminiy turkiy falklo’riga oid 30dan ortiq asar haqida ma’lumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, Shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasmiy, So’fi Olloyor g’azallaridan olgan namunalarini va 112 ta o’zbek maqolini arab va lotin yozuviga keltirib, nemischada tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy o’rgangan.