SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
O’zbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri Tesha Zohidov Zohidovich tavallud topgan kun
1906-05-10

Zohidov Tesha Zohidovich (1906.10.5, Qo’qon – 1981.22.8, Toshkent) – O’zbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1952), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1947), biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1931). Shu universitet rektori (1932, 1941, 1950–1951). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti direktori (1946 – 1950), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti (1952–1956). Asosiy ishlari umurtqali hayvonlarni o’rganishga, zoologiya fanini targ’ibot qilishga bag’ishlangan. Qizilqum umurtqali hayvonlarining faunistik tarkibi va ekologiyasini o’rgangan. “Zoologiya ensiklopediyasi” (1-4 – jildlar, Tesha, 1957 – 1979) asari uchun Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor bo’lgan (1971). 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan