SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Sharq tabobati markazining rahbari Karim Yo’ldoshev Yo’ldoshevich tavallud topgan kun
1933-05-10

Yo’ldoshev Karim Yo’ldoshevich (1933.10.5 – Toshkent – 1999.22.10) – kardiolog, O’zbekiston FA akademigi. (1995), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1983). Tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1972), ToshTI ni tugatgan (1957). Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi mudiri (1973 yildan), O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari (1973 – 1982), O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tekshirish instituti direktori (1988 yildan) O’zbekiston FA Prezidiumi a’zosi (1996 yildan) va tibbiyot fanlari bo’limi raisi (1996 – 1998). Yo’ldoshev ichki a’zolar klinik fiziologiyasi va patologiyasi, kardiologiya, gastroenterologiya, pul’monologiya, farmakoterapiya va salomatlikni tiklash muammolari ustida tadqiqot olib borgan. Yo’ldoshev rahbarligida yurak – qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish sistemalari, nafas a’zolari, tayanch – harakat apparati kasallangan bemorlar sog’ligini tiklash maqsadida organizmdagi a’zolar va sistemalar funksiyasining ma’romiga fizik omillar ta’siri o’rganildi. U Sharq tabobati markazini tashkil etib, uning faoliyatiga rahbarlik qildi. Rossiya tibbiyot FA muxbir a’zosi (1991). 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002. 



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan