SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Yozuvchi Sobit G’ofurov tavallud topgan kun
1933-05-10

Sobit G’ofurov 1933-yil 10-mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida dunyoga keladi. U 7 yoshligida otasidan, 9 yoshligida onasidan yetim bo’lib, singlisi va ukasi bilan qarindoshlari qaramog’ida qoladi. Maktabni a’lo baholarga tugatgandan so’ng, 1953-1959-yillararda O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oladi. O’qishni bitirib, Toshkent televideniye studiyasiga ishga kiradi. Sobit G’ofurov talabalik davridanoq kichik hikoyalar, maqolalar bilan respublika matbuotida qatnashadi. 1960-yildan “G’uncha” jurnaliga adabiy xodim bo’lib ishga o’tadi va umrining oxirigacha shu jurnalda faoliyat ko’rsatgan. Yozuvchining “Insho”, “Jonli sovg’a”, “Topag’on bola”, “Ishonch”( rus tilida), “Qorbobo Toshkentda”, “Posbonlar” (rus tilida), kabi kitoblari nashr qilingan. S. G’ofurov 1993-yil 15-fevralda og’ir xastalikdan so’ng vafot etadi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan