SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Matematik, olim Sa’di Sirojiddinov Hasanovich tavallud topgan kun
1920-05-10

(1920.10.5-1988.29.4) matematik olim, jamoat arbobi. O’zbekiston FA akademiyasi (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970). Fizika-matematika fanlari doktori (1953), professor (1956). Qo’qonda tug’ilgan. 1937 yildan Toshkentda O’rta Osiyo universiteti (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi. O’zbekiston FA Matematika institutida katta ilmiy xodim (1948-1949, 1952-1954), Moskva universitetida katta ilmiy xodim (1954-1956), Toshdu ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedra mudiri (1958 yildan), O’zbekiston FA Matematika instituti direktori (1957-1960; 1962-1967), ToshDu rektori (1966-1970, 1983-1987), O’zbekiston FA vise-prezidenti (1970-1983). Asosiy ilmiy ishlari ehtimollar nazariyasiga, matematik statistika va uning tatbiqlariga bag’ishlangan. Sirojiddinovning Markov zanjirlari uchun limit teoremalarni umumlashtirish va asimptotik yoyilmalar sohasidagi tadqiqotlari 1950-yillarda Toshkent matematika maktabining yanada yuksalishiga olib keldi. Beruniy Davlat mukofoti laureati (1973). “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002). Chig’atoy qabristoniga dafn etilgan. O’zbekiston milliy universiteti qoshidagi akademiya -  lissey, Toshkentdagi ko’chalardan biri Sirojiddinov nomiga qo’yilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan