SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Shoir va tarjimon, o'zbek mumtoz adabiyotining so'ngi namoyondalardan biri Xislat tavallud topgan kun
1880-05-10

(1880.10.5-1945.5.6) (taxallusi; asl ism-sharifi Haybatullaxoja Orifxoja ogli) – shoir va tarjimon. O’zbek mumtoz adabiyotining so’nggi namoyandalaridan biri. Toshkentda tug’ilgan. 16-17 yoshlarida Toshkent shahar Kesakqo’rg’on mahallasidagi madrasaga o’qishga kirib, arab fors tillarini mukammal o’zlashtirgan; o’zbek, ozarbayjon, turk, fors va arab adabiyotlarini puxta o’rgangan. 1908-1909 yillarda Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlarining soddalashtirilgan nasriy nusxalarini tayyorlagan va o’z hisobidan nashr etgan.  1910-1914 yillarda madrasadoshi Sidqiy Xondayliqiy bilan hamkorlikda “Armug’on Xislat”, “Hidoyai Xislat”, “Savg’oti Xislat” kabi bayozlarini nashr ettirgan. Bu bayozlarda shoirning 100 dan ortiq lirik she’rlari e’lon qilingan. Xislatning dunyoviy g’oyalar bilan yo’g’rilgan bir qancha g’azallari Mulla o’ychi Toshmuhamedov va Hamroqulqori kabi mashhur hofizlar tomonidan ijro etib kelingan. Xislat 1917 yildan keyin ham badiiy ijod bilan shug’ullanib, zamonaviy mavzularda g’azal va muxammaslar yaratgan. Ammo mavjud tuzumning jaded shoirlarga nisbatan sovuq munosabati tufayli u yoshlikda egallagan hunari-duradgorlikni davom ettirib, 1940 yilga qadar imoratsozlik ishlari bilan ko’proq mashg’ul bo’lgan. Xislatning adabiy merosida tarjima asarlar katta o’rin egallaydi. U Nizomiyning “Layli va Majnun” dostoni, Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni asosida  nasrlashtirilgan “Barzui sher”, “Pahlavoni Ahmad”, Ubayd  zakoniyning “Mushuk va sichqon” asarlarini fors tilidan tarjima qilgan, arab va fors mumtoz adabiyotlaridagi bolalarbop rivoyatlar va masalalarni she’riy tarjima qilib, “Non va halvo” degan majmua tuzgan. Toshkent shahardagi ko’chalardan biri Xislat nomi bilan ataladi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan