
1927 yil 22 yanvar – Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand Davlat Universiteti tashkil etilgan kun
1933 yil 20 yanvarda O‘zbekiston davlat
pedagogika akademiyasi O‘zbekiston davlat universiteti (O‘zDU)ga aylantirildi.
Maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda
universitet qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika instituti muhim rol
o‘ynadi. Keyinchalik bu institut negizida Samarqand pedagogika instituti (1992
yil SamDU bilan birlashtirildi), 1960 yildan O‘zDU Samarqand davlat
universiteti (SamDU) deb atala boshladi.
Universitet tarkibida tarix,
huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, o‘zbek filologiyasi, rus
filologiyasi, tojik filologiyasi, geografiya, kimyo, mexanika-matematika,
fizika, biologiya, informatika va informasion texnologiyalar, pedagogika va
boshlang‘ich ta’lim, kasbiy ta’lim, musiqa, jismoniy madaniyat fakultetlari, 73
o‘quv laboratoriya, 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi,
axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, o‘quv
diagnostika markazi, maxsus sitrqi bo‘lim, metrologiya, patentshunoslik
bo‘limlari, 8 qiroatxona va internetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona
(3 mln. аsar), Alisher Navoiy, zoologiya, arxeologiya, geografiya, universitet
tarixi muzeylari bor. Universitetda 34 yo‘nalish bo‘yicha aspirantura (1930 yil
tashkil etilgan) va 4 yo‘nalish bo‘yicha doktarantura mavjud.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005.