
Xo‘jayeva Xolida 1916 yil 1yanvarda Samarqandda
tug‘ilgan, O‘zbekiston
xalq artisti (1956). Moskva drama studiyasini tugatgan (1930). Studiyada Lazokat
(L.Appoqova, “Qon va suv”), Nadya (D.Furmanov, “Isyon”), Martin (Moler, “Zo‘raki
tabib”) kabi rollarni ijro etgan. 1930-33 yillar Buxoro teatri, 1933-87 yillar Hamza
teatrida, 1987-90 yillar Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktrisa. Ijroda bosiqlik
bilan e’tiborni qahramon ichki kechinmalarini ochishga yo‘naltirish Xo‘jayeva ijodiga
xos. Bu narsalar uning Halima (G‘.Zafariy, “Halima”), Laurensiya (Lope de Vega,
“Qo‘zibuloq qishlog‘i”), Dilbar, O‘lmas (K.Yashin, “Tor-mor”, “Yondiramiz”), Xonzoda,
Poshshooyim, Xolisxon (Hamza, “Boy ila xizmatchi”, “Paranji sirlari”), Lyubov Yarovaya
(K.Trenyov, “Lyubov Yarovaya”), Nina (M.Lermontov, “Maskarad”), Tatyana (M.Gorkiy,
“Meshchanlar”), Xumorxon (A.Qahhor, “Og‘riq toshlar”), Shamsiqamar (M.Abliev, “Shamsiqamar”),
Gavharshod begim (M.Shayxzoda, “Mirzo Ulug‘bek”), Bo‘ston (S.Ahmad, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”),
Oynisa (O‘.Umarbekov, “Kuzning birinchi kuni”) kabi rollari talqinida namoyon bo‘ldi.
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). “El-yurt hurmati” ordeni
bilan mukofotlangan (1999).
O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi.T.,2003.