SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212324252627
28293031   
Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi Amin Baxiyev tavallud topgan kun
1937-05-15

Amin Baxiyev (1937.15.5, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Kegeyli tumani) – geyobotanik, ekolog olim. O’zbekiston FA akad. (2002). Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Biologiya fanlari doktori (1981), Qoraqalpog’iston davlat ped. institutini tugatgan (1961). O’zbekiston FA Qoraqalpog’iston filiali botanika sektorining mudiri (1972- 1983), filial Prezidiumi raisining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1984 yildan), ayni vaqtda geyobotanika labaratoriya mudiri, Tabiiy fanlar kompleks instituti direktori (1991 yildan). Baxiyev Amudaryoning quyi qismidagi o’simliklar qoplamini o’rgangan va hamkorlikda geyobotanik xaritalar tuzish usullarini ishlab chiqqan (shu asosda “Amudaryo quyi qismining hozirgi o’simliklar qoplami” nomli xarita tuzilgan). Ilmiy faoliyati Orol dengizi atrofidagi o’simliklar qoplamini saqlab qolish hamda dengizning qurishi bilan bog’liq muammolarni bartaraf etishga bag’ishlangan.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan