SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121415
16171819202122
23242526272829
3031     
O’zbekiston xalq rassomi Ibrohim Komilov tavallud topgan kun
1926-05-15

Ibrohim Komilov Komilovich (1926.15.5, Rishton tumani) – kulol, O’zbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Komil Madaminov va kulol Eliboy Daliyevdan hunar o’rgangan. “Yangi hayot” kulollik artelida kulol, rassom, 1970 yildan Rishton keramika zavodida rassom. Komiljonov qadimgi Rishton kulollik maktabi an’analarini qayta tiklashga katta hissa qo’shdi va uning yangi, chidamli va nafis namunalarini yaratdi. U yaratgan buyumlar (lagan, kosa, shokosa, piyola, guldon va boshqalar) havo rang koloriti, o’ziga xos uslublashtirilgan naqshlari va hayvonlarning ramziy shakllari bilan ajralib turadi. Komilov an’anaviy uslubda tayyorlagan koshinlar zamonaviy binolarni bezab turibdi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzeylarda, shaxsiy to’plamlarda saqlanadi (jumladan, Yaponiyadagi eng yirik kulollik to’plamlaridan keng o’rin olgan). 1950 yildan respublika va chet mamlakatlardagi ko’rgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. O’zbekiston BA Oltin medali bilan mukofotlangan (2002). 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan