Nikolay
Karaxan Grigoryevich (1900.17.5, Tog’li
Qorabog’ muxtor viloyati – 1970.18.6, Toshkent)
– O’zbekiston xalq rassomi (1950). 1908 yildan O’zbekistonda Turkiston o’lka
rassomlik maktabida ta’lim olgan (1918 – 1921). Toshkent rassomlik bilim
yurtida dars bergan (1925 – 1941). Karaxan asarlarida o’zbek xalqining hayoti va
mehnatini, tabiat manzaralarini rangli lavhalarda aks ettirgan:
“O’roqchilarning ishdan qaytishi” (1927), “Sirdaryo sohilidagi bozor” (1929),
“G’alla o’rimi” (1930), “Buxoroda qurilish” (1933), “Ishga ketishyapti” (1934),
“Ovqatlanish mahali” (1935). 30 yillarning oxirlaridan asarlarida respublika
manzaralarini aks ettira boshladi, kishilarni ham manzaralar fonida tasvirladi
(“Ayollar G’allazorda”, 1936; “G’alla elayotgan ayol”, 1946; “Nanay yo’li”,
1954; “Oltin kuz”, 1957; “Yashnayotgan vodiy”, 1958; “Oltin simfoniya”, 1965;
“So’nggi nur”, 1969 va boshqa). Ko’pgina rassomlar (jumladan, R.
Ahmedov, Z. Inog’omov) Karaxanning
shogirdlaridir. Karaxanning asarlari respublika va chet mamlakatlar muzeylari
va xususiy to’plamlarda saqlanadi.
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.