SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2022
YaDuSeChPaJuSh
     12
356789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarov tavallud topgan kun
1945-05-17

(1945.17.9, Toshkent) - adabiyotshunos olim. O’zbekiston FA akademigi (2000), filologiya fanlari dokkori (1984), professor (1994). ToshDUni tugatgan (1966). O’zbekiston FA Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-1972; 1979-1983), direktor (1986-1990), bo’lim mudiri (1996 yildan). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990-1992), Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o’rinbosari (1992-1994), ayni vaqtda “O’zbek tili va adabiyoti” jurnalining bosh muharriri (1986-1994). Nazarovning ilmiy ishlari 20 asr o’zbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bag’ishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati o’rganilgan. Oybekning 20 jildli Mukammal asarlar to’plamini nashrga tayyorlashda qatnashgan. Milliy istiqlol g’oyasi bilan sug’orilgan, yangi tipdagi darsliklar (o’rta maktabning  9-11-sinflari uchun "XX asr O’zbek adabiyoti tarixi”)ning mualliflaridan biri.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan