(taxallusi; asl ism sharifi Giesiddin Abdulfatx Umar ibn Ibroxim Xaem Nishonpuriy) (1048.18.05.-Nishonpur-1134.4.13).-matematik, astronomik, faylasuf, xakim va mutafakkir shoir, Nishopurda boshlang'ich ma'lumotni olgach, Balx, Buxora va Samarkandda taxsil qurgan. Malikshox va Nizomulmulk (1019-1992) da'vati bilan 1074 yilda Isfoxonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079 yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Evropada undan 500 yil Keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq bo'lgan. Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham o'zini shayx ur-rais Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblangan. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning g'oya va qarashlarini davom ettirgan va targ'ib qilgan. “Risolat ul-kavn vat-taklif” (Koinot va uning vazifalari haqida risola”), “Risola fi-l.vujud” (“Borliq haqida risola”), “Risola fi kulliyoti vujud” (Borliqning umumiyligi haqida risola”) kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon bo'lgan. 1077yilda u yunon olimi Evklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan “Risola fi sharhi mo ashkala min musodarat kitob ul-Iqlidis” (“Evklid kitobi muqaddimalaridagi mushkulotlar sharhi haqida risola”) asarida butun sonlarning ildizini topish yo'llarini ko'rsatib bergan. “Risola fi-l-barohiyn ala masoyil al-jabr va-l-muqobala” (“Algebra va muqobala (qarshilik nazariyasi) isbotlari haqida risola) “Mushkulot ul-hisob” (“Arifmetika mashg'ulotlari”) asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharhlash bilan birga, ularning qarashlarini rivojlantirgan. Matematik, fizik tenglamalarining modellarini topgan. 12-acr Nasrining nodir namunasi hisoblangan “Navro'znoma” asarida Navro'zning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bog'liq an'ana va marosimlari keng yoritilgan, ko'plabhikoyat va rivoyatlar keltirilgan. Amerikada Umar Xayyom asarlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari, Londonda maxsus xayyomxonlar saroyi mavjud. Ularda shoir ruboiylari ham aslida, ham tarjimada badiiy so'z ustalari mohir notiqlar tomonidan o'qiladi. Umar Xayyom ruboiylarini 20-asr boshlaridan o'zbek tiliga tarjima qilishga kirishildi. Sherali Jo'raev, Farruh Zokirovlar ham Umar Xayyom ruboiylari asosida qo'shiqlar yaratganlar.
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.