SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252728293031
Kinorejissor va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Ali Hamroyev Ergashevich tavallud topgan kun
1937-05-19

Ali Hamroyev Ergashevich (1937.19.5, Toshkent) - kinorejissor O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi (1969). Ergash Hamroyevning o’g’li. Moskva kinematografiya instituti (VGIK) ni tugatgan (1961). 1961 yildan «O’zbekfilmda rejissor «Bolalar haqida kichik hikoyalar» uning birinchi o’zbek film-operasi «Dilorom», «Laylak keldi, yoz bo’ldi», «Qizil qum», «Favqulodda komissar», «Shijoat», «Yettinchi o’q», «Muxlis», «Inson qushlar ortidan boradi» (Dehli festivalida «Eng yaxshi rejissura uchun» sovrinini olgan, 1977), «Mevazorlik ayol» kabi filmlari bilan tanilgan. Shuningdek, «Salom, Bahor!», «Turkiston», «O’zbekiston», «Toshkent jasorati» va boshqa hujjatli filmlarga ham rejissorlik qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).     

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan