
1997 yil 27 fevral - “Jahon adabiyoti” Jurnali tashkil etilgan kun
“Jahon
adabiyoti” – adabiy-badiiy, ijtimoiy-publisistik jurnal. Muassislari:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi.
Toshkent shahrida oyda bir marta nashr etiladi. “Jahon adabiyoti” O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 27 fevraldagi qaroriga asosan
tashkil etilgan. Unda jahon adabiyotidagi istiqlol mafkurasiga mos
vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak g‘oyalarni ulug‘lovchi, turli
millatlarning serqirra hayotini teran obrazlarda aks ettiruvchi badiiy barkamol
asar o‘zbek tilida chop qilinadi. Jurnalning bosh muharrirlari: Ozod
Sharofiddinov (1997-2005), Mirpo‘lat Mirzo (2006 yildan). Adadi 2000 nusxa
(2009).
Toshknet ensiklopediyasi. T.,2009.