SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161819
20212223242526
2728293031  
“Yoshlik” talabalar shaharchasi mustaqil hudud sifatida tashkil etilgan kun
1992-02-11

1992 yil 11 fevral – “Yoshlik” talabalar shaharchasi mustaqil hudud sifatida tashkil etilgan kun

“Yoshlik” talabalar shaharchasi Sobir Rahimov tumani tarkibidagi mustaqil ma’muriy hudud. Hukumat qarori bilan 1992 yil 11 fevralda tashkil etilgan. Shaharchada 9 mahalla (Beruniy, “Beruniy maydoni”, Ziyo, Mirzo G‘olib, Naqshband, Chimboy, Chig‘atoy Oqtepa, “Shifokor”, Hislat) bor. 13 katta ko‘cha bo‘lib, asosiylari: Qamarniso, Chimboy, Talabalar ko‘chasi va boshqa. Mahallalarda 87 ta ko‘p qavatli va 1700 ta yakka tartibdagi turar joylar, 38 ta talabalar turar joyi bor. Shaharchada 24 ta’lim muassasasi joylashgan. Ulardan 5 tasi oliy (O‘zbekiston milliy universiteti, Texnika universiteti, Tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent yuridik va moliya institutlari o‘quv binolarining bir qismi), 9 malaka oshirish va ilmiy tadqiqot institutlari hamda markazlari (jumladan, Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy instituti, O‘zMU qoshidagi Oliy pedagogika instituti, Dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik instituti va h.k.), 5 kasb-hunar kolleji (madaniyat, xizmat ko‘rsatish va servis, tibbiyot, bank, politexnika kollejlari), 5 litsey (Glier nomidagi respublika musiqa akademik litseyi va yuqorida sanab o‘tilgan oliy o‘quv yurtlari qoshidagi akademik litseylar), 5 maktab, 8 maktabgacha ta’lim muassasasi. Shaharcha hududida Tibbiyot akademiyasi qoshidagi 1-va 2-sonli Respublika shifoxonalari, Respublika urologiya markazi, Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasi, 2 dam olish va davolanish profilaktoriysi, poliklinkalar va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. 4 yirik sport kompleksi, 2 yopiq suzish havzasi, 2 gimnastika zali, stadionlar, 2 bozor, do‘konlar aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Toshknet ensiklopediyasi. T.,2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan