SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2021
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
252627282930 
Akademik drama teatri ochilgan kun
1999-02-07

1999 yil 7 fevralda – O‘zbekiston rus akademik drama teatrining qayta qurilgan yangi binosi tantanali ochildi. (Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasi., 24) – Toshkentdagi ko‘hna teatrlardan biri 1934 yil asos solingan. 1936-99 yillar teatr M.Gorkiy nomi bilan yuritilgan. 1967 yildan Akademik teatr. 1999 yildan hozirgi nomda.

2- jahon urushi yillari “Batalon g‘arbga bordi”,”Rus kishilari”, “Oleko Dundich”, “General Brusilov” singari spektakllar qo‘yildi. Urushdan keyin teatr jamoasi Toshkent san’at institutini tugatgan yoshlar bilan mustahkamlandi (M.Mansurov, K.Efremova, Ye.Zlobin, D.Alekseyev, N.Alekseyeva va boshqalar). 50-yillarda “Chin inson qissasi”(B.Polevoy), “Qandala” (V.Mayakovskiy), “Qashshoq qalb tarixi” (M.Gorkiy), “Irkutsk voqeasi” (A.Arbuzov), “Shohi so‘zana” (A.Qahhor), “Paranji sirlari”, “Maysaraning ishi” (Hamza), “Hamlet” (U.Shekspir), “Zulmat hokimiyati” (L.Tolstoy) kabi spektakllar bilan teatr o‘z mavqeini mustahkamladi. Mumtoz asarlardan “Jinoyat va jazo”, “Chayka”, “Don Karlos”, “Revizor”, “Yuksiz sayyoh” hamda “Lamanchalik kishi”, “Xatolar komediyasi”, “Momo yer”, “Valentin va Valentina”, “Avlobar bekasi”, “Uch pullik opera” kabi spektakllar yuzaga keldi.

Mustaqillikdan so‘ng kuchli aktyorlar guruhi shakllandi, turli mamlakatlar mualliflarining asarlarini sahnalashtirish yo‘lga qo‘yildi: “Grafinya Yuliya” (A.Strinberg), “Hamma bog‘da” (E.Olbi), “Buyuk magiya” (E.De Filippo), “Jorj Danden yoki jinni qilingan er” (J.Moler), “Xizmatkorlar” (J.Jene), “Har to‘kisda bir ayb” (A.Ostrovskiy), “Mehmonxona bekasi”, “Arlekino” (K.Goldoni), “Ayollar tangosi” (V.Aslanova) va boshqalar.

V.Rusinov, N.Myagkova, N.Sundukova, E.Dmitriyev, O.Ovchinnikova, L.Stotskaya, G.Lukovnikova, V.Kudashkin, O.Volodina, S.Arxipov, D.Abdulina, O.Vasilev, I.Kiryanov, A.Koshelyov, K.Moshchenko, I.Nenashev, A.O‘rmonov, L.Xo‘jayeva, T.Hoshimova va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari – V.M.Shapiro.

Toshkent ensiklopediyasi.,T.2009. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan