
3 yanvar-dunyo bo‘yicha
o‘zgacha bayram ichimlik ichish uchun maxsus naycha(solominka)ning tug‘ilgan kuni
nishonlanadi.Naycha(solominka)-bu
turli xil suyuqliklarni tortib ichish uchun mo‘ljallangan moslama. Ilgaridan bu
narsa oddiy ichi bo‘sh yumshoq poxol cho‘plaridan tayyyorlashgan, shundan nomi ham
kelib chiqqan.Afsonaga ko‘ra, birinchi sun’iy naychani amerikalik tadbirkor Marvin
Stoun kashf qilgan. Kunlarning birida u korxonasida ishlari yurishmay turganligini
mulohaza qila turib, poxol naychadan sharbat ichadi. Icha turib tishlariga poxolning
qoldiqlari tiqilib qolib g‘ashiga tegadi. Shundang so‘ng Stoun bir parcha qog‘ozga
yelim surtib qalamga o‘raydi va shu tariqa qog‘oz naycha yaratiladi. Bu naychaning
kamchiligi shundaki, ichimlik tezda ichilmasa qog‘oz naycha bir zumda erib ketardi.
Stoun o‘zining ixtirosini mukammallashtirish maqsadida yangi g‘oyalarni izladi va
uning nazariga pochta markasi tushdi(o‘sha paytlari AQShda markalar manil kanoptoladan
iborat bo‘lgan manil qog‘ozdan tayyorlanib, u juda mustahkam edi). Aynan shu qog‘ozdan
Stoun naychalarni ishlab chiqara boshladi.U aynan ichish jarayonida limon danagini
o‘tkazmaydigan diametr tanladi.1888 yil Vashington patent byurosidan Marvin Stoun
o‘z ixtirosi suyuqliklarni so‘rib ichish uchun ishlatiladigan qog‘oz naycha ixtirosi
uchun – naycha(solominka)ga №375962raqamli
patent oldi. 1890 yilda esa ularning ishlab chiqilishi Stounning asosiy daromad
manbaiga aylandi, holbuki eng avvalo naychalar qo‘l mehnati bilan yaratilar edi.
1906 yilda qog‘oz naycha(solomka)lar ishlab chiqarish uchun uskuna kashf qilingan.
Rovojlanishning keyingi qadamini 1930 yilning 2-yarmida Djozef Fridman takomillashtirdi
va suyuqlik tanovul qilganda har tomonga bukilishi uchun naychaga g‘ijim qism o‘rnatdi,
natijada buning uchun 1937yil 28sentyabrda AQShda patent oldi,ammo hech bir ishlab
chiqaruvchini qiziqtira olmadi. Shundan so‘ng Fridman o‘zi bir necha moslamalar
yasab, o‘z ixtirosini ishlab chiqib, mahsulotini bozorga olib chiqishga muvaffaq
bo‘ldi.1939 yilda Fridman “Flexible Straw Cirporation” birlashmasini yaratdi va
o‘zining “egiluvchan solomka”larini ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘ydi. 10 yil
o‘tib bu biznes Fridmanni millionerga aylantirdi.Birinchilar qatorida restoran va
barlardan tashqari naychalarni kasalxonalar tasdiqlashdi, chunki bemorlarni naychalar
orqali ovqatlantirish sinuvchan shisha trubkalarga qaraganda juda qulay edi.Solomkalar
rivojlanishining keyingi qadami 20-asrning o‘rtalarida Otto Dayfenbax suyuqlik uchun
naychaning sellofanligini ixtiro qildi.Ottoning o‘zi sellofanli solomka ishlab chiqishga
asbob yaratdi va uni kengaytirib, daromad ola boshladi.Xozirgi kunda bu naychalardan
faqat suyuqlik iste’mol qilishdan tashqari dizaynerlar turli taqinchoq va kompozisiyalar
yaratishda ham foydalanishmoqda.