SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
O’zbekiston xalq artisti Azizova Mukarrama tavallud topgan kun
1913-05-23

Azizova Mukarrama (1913.23.5- Namangan - 1964.23.5) - O’zbekiston xalq artisti (1955). Moskvada o’zbek drama studiyasida o’qigan (1927-1928). 1928-1931 va 1960-1962 yillarda Andijon teatrida, 1931 yildan Namangan teatrida aktrisa va rejissor. Dramatik va musiqali spektakllarda, asosan, liriko-dramatik rollarni ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Shirin (Xurshid, «Farhod va Shirin»), Jamila (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Nurxon (K.Yashin, T.Jalilov, «Nurxon»), Gulsara (K. Yashin, «Gulsara»), Hafiza (A. Qahhor, «Shohi so’zana»), Sanobar (B. Rahmonov, «Yurak sirlari») va boshqalar.  Rejissor sifatida «Farhod va Shirin» (Xurshid, 1934, 1936), «Arshin mol olon» (U. Hojibekov, 1939) kabi asarlarni sahnalashtirgan. Azizova o’zbek, tojik, uyg’ur xalq qo’shiqlarini mohirona ijro etgan.   

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan