SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
182021222324
252627282930 
14 fevral - Kompyuterchilar kuni
1946-02-14

14 fevral - Kompyuterchilar kuni

14 fevral - Kompyuterchilar kuni  norasmiy bayram bo’lib, lekin mutaxassislar bu bayramni keng nishonlaydilar. 1946 yil 14 fevral kuni  dunyoda aniq ishlaydigan birinchi elektron kompyuter ENIAC I (Electrical Numerical Integrator And Calculator) namoyish etildi. Birinchi hisoblash mashinasini ishlab chiqarish ishlariga Amerika armiyasi homiy bo’lgan, kompyuter ularga harbiy reja va dasturlarni o’tkazish uchun kerak bo’lgan. ENIAC I kompyuteri 1955 yil 2 oktabrda 23 soat 45 minutga қadar  ishladi, keyin buzib tashlandi. Albatta, undan avval ham kompyuterlar  yaratilgan, lekin hammasi eksprimental  nusxalar bo’lgan. Aslida, birinchi kompyuter - Bebbidj  analitik mashinasi, lekin ENIAC haqiqatda amaliyotda birinchi eng aniq ishlaydigan kompyuter hisoblanadi. Vaholanki, aynan ENIACdan zamonaviy kompyuterlarga   ikkilamchi hisoblash sistemasi  meros qilib olingan. ENIAC o’z davrining  eng muhim vazifasini: armiyaning ballistik jadvallaring hisoblarini bajarish maqsadida yaratilgan edi. Armiyada artilleriya va aviatsiyaning ehtiyojlari uchun ballistik jadvallaring hisoblari bilan shug’ullanuvchi bo’limlari bo’lgan. Bu bo’limlarda insonlar Armiya Kalkulyatori degan lavozimlarda ishlaganlar. Ҳaqiqatda, “hisoblash manbalari”ning quvvati va ishlab chiqarilishi yetarli darajada bo’lmagan. Shu sababli  kibirnetiklar 1943 yilning boshlarida ENIAC  kompyuterining  yangi  modeli bo’yicha  ishlab chiqarish konsepsiyasini yaratdilar. Aynan shu sababli 14 fevral - «Kompyuterchilar kuni» bayrami etib nishonlanadi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan