SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
O’zbekiston FA botanika bog’i asoschisi Fyodor Rusanov tavallud topgan kun
1895-05-25

Fyodor Rusanov Nikolayevich (1895.25.5, Chelyabinsk uyezdi – 1979, Toshkent) – botanik olim. O’zbekiston FA akademik (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965), biologiya fanlari doktori (1944), professor (1955). Omsk qishloq xo’jalik institutini tugatgan (1927). O’zbekiston FA botanika bog’i asoschisi va direktori (1943-76), 1976 yildan ilmiy konsultant. Ilmiy ishlari Ustyurt, Mang’ishloq, Muyunqum, Qizilqum, Chu-Ili vodiylarining florasi, o’simliklar qoplami va xom ashyosini o’rganishga bag’ishlangan. Rusanov ma’lum iqlim sharoitida o’sadigan o’simliklarni iqlimi boshqacha joyda o’stirish (introduksiya) va iqlimlashtirish usullarini ishlab chiqqan. “Turkum kompleksi” va “Umumflora introduksiyasi” usuli shular jumlasidandir. Rusanov chatishtirish yo’li bilan gibiskus, gokk, piramidasimon dub singari manzarali o’simlik navlarini yaratgan. Rusanov rahbarligida 14 jildli “O’zbekiston dentrologiyasi”, “Ozbekiston introduksiyasi” nomli 27 to’plam chop etilgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan