SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Adabiyotshunos olim Abduqodir Hayitmetov Hojimetovich tavallud topgan kun
1926-05-27

Hayitmetov Abduqodir Hojimetovich(1926.27.5, Dang’ara tumani Qiyoliqum qishlog’i -2005.7.5, Toshkent) – adabiyotshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). Filologiya fanlari doktori (1965), professor (1970).  O’rta Osiyo  universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1949). O’zbekiston FA Til va adabiyot institutida kichik (1953-1957), katta ilmiy xodim (1957-1967), direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari va bo’lim mudiri (1967-1970; 1971-1998), ilmiy maslahatchi (1998-2003), yetakchi ilmiy xodim (2003 yildan). Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-yillarda hikoya va maqolalar yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqat ilmiy adqiqot ishlari bilan shug’ullangan va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy ijodini o’rganishga bag’ishlangan.  Hayitmetov “Alisher Navoiyning adabiy - tanqidiy qarashlari” (1959), “Navoiy lirikasi” (1961), “ Navoiyning ijodiy metodi” (1963),  “Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan”, “Navoiy dahosi” (1970), “ Hayotbaxsh chashma” (1974), “ Navoiyxonlik suhbatlari” (1993) kabi asarlari bilan  Navoiyshunoslik fanini yangi bosqichga ko’targan. Hayitmetov ilmiy faoliyatining muhim qismini  o’zbek  mumtoz adabiyoti tarixini yaratish bilan bog’liq ishlar tashkil etadi. Uning ilmiy rahbarligi va bevosita ishtirokida o’zbek tilida 5 jildli (1977-1980), rus tilida 2 jildli (1991-1992) “O’zbek adabiyoti tarixi” yaratilgan. Bundan tashqari, olim 4 jildli “O’zbek adabiyoti” majmuasi, 3 jildli “O’zbek poeziyasi antologiyasi”, Alisher Navoiyning 15 va 20 jildli asarlar to’plamlarini tuzishda faol ishtirok etgan. Navoiyning “Hayrat ul-abror” hamda “Farhod va Shirin”  dostonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati  (1967, 1992). “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan (2003). 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan