SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Saidbotir Ahmadxo’jayev Saidg’aniyevich tavallud topgan kun
1941-05-30

Ahmadxo’jayev Saidbotir Saidg’aniyevich (1941.30.5, Toshkent) – operator va rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Ijodini 1966 yil “O’zbekfilm” kinostudiyasining “Nashtar” satirik kinojurnalida boshlagan. 1969 yildan “O’zbekfilm studiyasida. Operator sifatida osori atiqalar, milliy qadriyatlarimiz haqida hikoya qiluvchi “Sharqning mangu obidalari”, “Buxoro”, “Hamro buvi ertaklari” hujjatli filmlarini yaratgan. 1972 yildan rejissyor sifatida ijod qilib, “Brigada”, “Usta Salimjon”, “Xalq farzandi”, “Mukarrama opa va qirq go’zal”, “Intizor”, “Xotira”, “Qalb saxovati”, “Farzandlar qasamyod qildilar” kabi hujjatli, shuningdek “Aziz” televizion badiiy, “O’zbegim” badiiy – publitsistik filmlarni yaratdi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan