SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Rus publitsist, faylasufi Vissarion Belinskiy tavallud topgan kun
1811-05-30

Belinskiy Vissarion Grigoryevich [ (1811.30.5 Svyeaborg – 1848.26.5 (7.6), Peterburg)] – rus munaqqidi, publitsist, faylasuf. Oilasi Penza gubernyasining Chembar (hozirgi Belinskiy) shahriga ko’chib kelgan (1816). Chembar uyezd bilim yurtida (1822-1824), Penza gimnaziyasida (1825-1828) o’qidi (ammo tugatmadi). Moskva universitetining til va adabiyot bo’limiga o’qishga kiradi (1929). Universitet adabiy tugaragida qatnashgani, krepostnoylikka qarshi yozilgan “Dmitriy Kalinin” romantik dramasi uchun o’qishdan haydaladi (1832). 1834 yilda “Molva” gazetasida Belinskiyning “Adabiy hayolot” degan dastlabki falsafa va estetikaga doir maqolasi bosilib chiqdi. Shundan keyin Belinskiyning tanqid va publitsistika sohasidagi samarali faoliyati boshlandi. “Teleskop” (1833-1836), “Moskovskiy nablyudatel’” (1838-1839), so’ngra Peterburgda chiqadigan “Otchestvenney zapiski” (1839 – 1846), “Sovremennik” (1847 – 1848) jurnallarida ishladi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan