
Pyotr I [1672.30.5. Moskva – 1725.28.1(8.2), Peterburg] – rus podshosi (1682 yildan),
Rossiyaning 1 – imperatori (1721 yildan) Podsho Aleksey Mixaylovich (1629 – 1676)ning kichik o’g’li. Rossiyaning davlat, harbiy va
madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar
o’tkazgan (senat, kollegiyalar, oily davlat nazorati va siyosiy qidiruv
organlari tuzilgan; mamlakat gubernalarga bo’lingan; yangi poytaxt – Sankt –
Peterburg qurilgan). Rossiyaning G’arbiy Yevropadagi ilg’or davlatlardan ortda
qolganligiga barham berish uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati
o’tkazgan (manufakturalar, metallurgiya, konchilik zavodlari, kemasozlik
korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695 – 1696
yillarda Azov yurishlarida, 1700 – 1721 yillarda armiyani boshqargan,
Noteburgni olishda (1702), Lesnaya daryosi (1708 va
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.