
(1913.31.5-1978.26.11) –
raqqosa, baletmeyster, o’zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi. O’zbekiston
xalq artisti (1937), Xalq artisti (1959). Farg’onada tug’ilgan. 1931 yildan
Toshkentda 1929-1933 yillar o’zbek davlat musiqali teatri qoshidagi raqs
studiyasida o’qigan. 1929 yildan Samarqand davlat musiqali teatrining yordamchi
truppasiga kelgan. 1931 yildan O’zbek davlat musiqali teatri (hozirgi Navoiy
nomidagi opera va balet teatr)da solist, baletmeyster. Birinchi o’zbek
baletlarini yaratishda qatnashgan (N. Roslavessning “Paxta”, 1936; F. Talning
“Shohida”, 1939; S. Vasilenkoning “Oqbilak”, 1946 va boshqalar) va ularda
yetakchi rollarni ijro etgan. O’zbek raqs folklori to’plovchilaridan. Raqslarni
sahnalashtirishda xalq an’anaviy raqslarini zamonga moslagan. “Bahor” raqs
ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1957 yildan). 1947 yildan Teatr
milliy raqs va xoreografiya bilim yurtida pedagoglik qilgan. Turg’unboyeva
“Tanavor”, “Zang”, “Katta o’yin”, “Bayot”, “G’ayratli qiz” va boshqa umumiy
raqslarni, “Dilxiroj” yakka raqsini ijro etgan. “Bahor” ansambliga, “O’zbek
raqs” milliy raqs birlashmasiga,
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.