Ingliz adibi Somerset Moem tavallud topgan kun
1874-01-25

25 yanvar kuni ingliz adibi
Somerset Moem tavallud topgan.
Jahon adabiyotida mashhur yozuvchi va
dramaturg Somerset Moem (1874-1965) ijodi alohida o‘ringa ega. U asarlarida qahramonlar
ruhiy olamini teran yoritgani va badiiy so‘z imkoniyatlarini
yuksak mahorat bilan namoyish etgani bois juda keng kitobxonlar ommasining
e’tiborini qozondi.
Somerset
Moemning «Insoniy ehtiroslarning uqubatlari» (1915), «Oy va chaqa» romanlari, «Davra»
(1921) singari ko‘plab pyesalar va ayniqsa, 1926 yili nashr etilgan «Kazuarin daraxti»
nomli to‘plamidan joy olgan bir qancha hikoyalari allaqachon jahon xalqlarining
ko‘plab tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. Somerset
Moem jahon adabiyotida ixcham hikoyalarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozongan.
Bu hikoyalarida yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatining murakkab dunyosiga olib kiradi,
hayotga yangicha nazar bilan — ham kuyunib, ham kulib qarashga majbur etadi. Adib
asarlariga xos bo‘lgan jonli, aniq-tiniq, rostgo‘y va samimiy til ularning berilib,
katta qiziqish bilan o‘qilishini ta’minlagan. Uning ko‘plab hikoyalarini tarjimon
Alisher Otaboyev o‘zbek tiliga o‘girib matbuot nashrlarida e’lon qilgan.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Ambroz Birs ingliz yozuvc YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan? Yer nimadan tarkib topgan?