SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq rassomi Emmanuel Kalontarov tavallud topgan kun
1932-06-03

Kalontarov Emmanuel Markelovich (1932.3.6, Samarqand 1984.5.8, Toshkent) – kino rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (1979). Respublika rassomlik bilim yurti (1953), Kinematografiya instituti (1959) ni tugatgan. 1959 yildan “O’zbekfilm” kinostudiyasida rassom. Sh. Abbosovning “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent – non shahri” (1968), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), A. Hamroyevning “Qo’rquvsiz” (1974), “Inson qushlar ortidan boradi” (1976), L. Fayziyev va O. Meyerning “Ali bobo va qirq qaroqchi” (1978) filmlariga qog’oz va kartonga ko’mir, akvarel guash bilan ishlagan eskizlari film g’oyasini ochib berishga xizmat qilgani bilan diqqatga sazovor. “Abu Ali Ibn Sino” (1979), “Uyg’onish” va “Kelinlar qo’zg’oloni” (1984) filmlariga ishlagan dekoratsiya eskizlari rassomning mahoratini ifodaladi. 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan