
Griffit Deyvid Uork (1875.22.1, La Greynj – 1948.23.7, Gollivud) – amerika kinorejissyori. AQSh kinosida aktyorlik maktabiga asos solgan. Kinoda 1907 yildan ishlagan. 1913 yildan Gollivudda ijod qilgan. Muqim va tushunish oson bo‘lgan usul sifatida parallel montaj va yirik planni birinchi bo‘lib qo‘llagan, kinoni suratga olish texnikasini qayta qurgan. Griffitning g‘oyaviy jihatdan bir-biriga qarama-qarshi ijodi namoyon bo‘lgan: “Millatning tug‘ilishi”da irqchilik tendensiyasi ilgari surilgan bo‘lsa, “Jahon yuragi” filmida esa oq va qora tanlilar birligi olqishlanadi. “Chidamsizlik” kinosida ahloq-odob va etik muammolar ko‘tariladi. Shuningdek, “Sindirilgan novdalar” , “Sharq tomon yo‘l”, “Ikki yetimcha” filmlari ham Griffit ijodida alohida o‘rin tutadi. 1931 yil kinoni tark etgan.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2002.