SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
8910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Nemis mumtoz adabiyotining asoschilaridan biri Lessing Gotxold Efraim tavallud topgan kun
1729-01-22

Lessing Gotxold Efraim (1729.22.1, Kamens, Saksoniya – 1781.15.2, Braunshveyg) – nemis dramaturgi, san’at nazariyotchisi, adabiyotshunos, ma’rifatparvar. Nemis mumtoz adabiyotining asoschilaridan biri. Nemis maorifining radikal-demokratik yo‘nalishiga boshchilik qilgan. Pastor oilasida tug‘ilgan. Leypsig (1746-48) va Vittenberg (1748) universitetlarida  ta’lim olgan. Lessing yozuvchi va jurnalist sifatida mutlaq hokimiyat mafkurasiga qarshi, ilg‘or milliy madaniyat uchun kurashgan. U o‘z umrini o‘tab bo‘lgan fransuz klassisizmi qonun-qoidalariga ko‘r-ko‘rona rioya etishni tanqid qilib qiqqan. Klassisizmga qarshi kurashda Germaniyada birinchi “Sara Sampson xonim” (1755) oilaviy “meshchanlar” dramasini va milliy xarakterlari bo‘lgan “Minni fon Barnxelm” (1767) komediyasini yozgan. “Emiliya Galotti” (1772) fojiasi Lessing ijodining cho‘qqisidir. Unda feodal knyazlarning zo‘ravonliklari qoralanadi. Lessing publisistik faoliyatida ko‘proq ma’rifatparvarlik masalalariga e’tibor berdi (“Fossishe saytung” gazetasi bilan hamkorligi, 1751-55; “Teatr kutubxonasi” ning nashr etilishi, 1754-58 va b.). Lessingning muhim xizmati she’riyatning birinchi asosi sifatida (“Laokoon”, 1966) hayotni butun jo‘shqinligi bilan va to‘liq aks ettirish haqidagi ta’limotni olg‘a surganida, realistik teatr va dramaning nazariy tamoyillarini himoya qilganligidadir. Lessingning teatr xususidagi qarashlari fransuz ma’rifatparvari Deni Didro qarashlariga mos. Ular ikkisi ham teatr va dramaturgiyaning oddiy hamda haqqoniy bo‘lishining tarafdori edi. Falsafada Lessing Germaniyadagi materialistik an’analarning asoschilaridan biridir. 1888-1943 yillarda Berlinda “Lessing-teatr” mavjud bo‘lgan.

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan