SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
8910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Аdabiyotshunos, tarjimon Mallaev Natan Murodovich tavallud topgan kun
1922-01-22

Mallaev Natan Murodovich (1922.22.1 – Toshkent – 1996) – adabiyotshunos, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1980). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). “Qardosh xalqlar adabiyoti” ( hozirgi o‘zbek klassik adabiyoti) kafedrasi mudiri (1965-91). Mallaev “O‘zbek adabiyoti tarixi”  (o‘rta maktablar uchun,  1953-72), “O‘zbek adabiyoti tarixi”  (universitet va pedagogika institutlari uchun, 1963-65) kabi darsliklar muallifi. Asosiy ilmiy tadqiqotlari Navoiy ijodini o‘rganish va mumtoz adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodining o‘zaro ta’sirini tadqiq etishga qaratilgan (“Ulug‘ shoir va mutafakkir”, 1969; “Navoiy ijodining xalqchil negizi”, 1973; “So‘z san’аtining gultoji”, 1991 va boshqa). Mallaev “Abulqosim Firdavsiy” (1962) monografiyasini yozgan. S. Ayniyning  “Qisqacha tarjimai holim” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Firdavsiy “Shohnomasining 2 jilddan iborat nasriy tarjimasini, Majlisiy (“Qissai Sayfulmulk” dostoni), Navoiy (ruboiy, tuyuq, lirika) asarlarini nashrga tayyorlagan. Mallaev Navoiy asarlarining ruscha 10 jildli nashrini (5- va10- jildlar, 1968) tayyordashda qatnashgan. Oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maktablar uchun dastur va xrestomatiyalar tuzgan (1952-74).

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan