
21 yanvar – Xalqaro quchoq ochmoq kuni
Bu o‘zgacha bayram dunyo bo‘yicha 21 yanvar kuni nishonlanadi.Har bir odam bu kuni mutlaqo notanish bo‘lgan kishini quchoqlashishi mumkin.Bayram yaqin yillardan boshlab nishonlanayotgan bo‘lishiga qaramay, uni kim o‘ylab topgani noma’lum. Xalqaro quchoq ochmoq kuni bayramini joriy qilish fikri G‘arbiy Yevropalik talabalarga tegishli.Lekin bu bayramni kim o‘ylab topgan va nega aynan 21 yanvar kuni nishonlanishini hech kim bilmaydi.Bu kuni quchoqlashish mutlaqo beg‘araz niyatda, unda hech qanday yaqin munosabatga ishora yo‘q. Biron bir kishini shu kuni quchoqlash unga o‘zining qalb go‘zalligi va mehridan ulashishni bildiradi. Insonlar quchoq ochishni yoqtiradilar, chunki insonga o‘zini erkin, tinch his qilmoq, uni yoqtirganliklari uchun quchoqlashgani yoqadi. Biz bir kun ham quchoqlashmasdan yashay olmaymiz. Har bir insonning hayotida quchoqlashish turli kayfiyatlarni aks ettiradi, masalan, insonlar o‘z yaqinlari bilan ko‘rishganda va xayrlashganda quchoqlashadilar.Biz yaqin kishilarimizni u uchun quvonganimizda yoki unga minnatdorchilik bildirganimizda albatta quchoqlashimiz zarur.