SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Qo‘lyozma xat kuni
0000-01-23

23 yanvar – Qo‘lyozma xat kuni

Qo‘lyozma xat kuni (Dastxat kuni)  har bir odamning noyob  dastxat  egasi ekanligini yodga soladi. Hozirgi kunda yil sayin kompyuterlar,elektron pochta va elektron bloknotlar,SMS, stikerlar to‘plamidan foydalanishning  oshib  borishi, hamda tezkor muloqot vositalarining  zamonaviy kishilarni  o‘z fikrlarini qo‘lda yozib  bildirish imkoniyatidan uzoqlashtirmoqda. Balki, yaqin kelajakda “qo‘lda yozilgan” xat yoki otkritka ko‘ngildagi sovg‘a bo‘lib qoladi. Bugun dunyo bo‘yicha qo‘lyozma  xat kunini nishonlashishning muhim sababi, barchamizga  har bir insonning dastxati  noyobligini, uni amaliyotda qo‘llab turish kerakligi  va har bir inson betakror  dastxat  egasi ekanligini  eslatish maqsadida nishonlanmoqda. Bu bayramning tashabbuskori   Yozuv ashyolarini ishlab chiqarish  Assotsiatsiyasi  bo‘lib,  u 23 yanvar kunini  “qo‘l yozmalar ” bayrami  kuni deb e’lon qildi. Qiziqarlisi shundaki,  23 yanvarda amerika davlat arbobi – Djon Xenkok (1737-1793) tug‘ilgan bo‘lib,  u Mustaqillik Deklaratsiyasining tagiga birinchi bo‘lib o‘z imzosini qo‘ygan.Uning imzosi  yirik va oralari ochiq bo‘lgan, shu sababli   u muallif mavqesini oshirgan. Qo‘lyozma  xat  tarixi ming yillardan beri rivojlanmoqda. Qo‘lyozma   xat  tarixi  rivojlanishi davomida har bir insonning dastxati orqali    uning fe’lini bilishga harakat qilishgan. Uyg‘onish davrining buyuk italyan mufakkirlari va Aristotel insonning dunyoqarashi va dastxati o‘rtasidagi bog‘liqlik borligi haqida o‘z fikrlarini bildirishgan. 1875 yilda fransuz abbati Jan Ippolit Mishoner birinchi bo‘lib “grafalogiya” atamasini ishlatdi. Shu asosida hozirgi kunda dastxat  va shaxsning psixik holati o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  o‘rganish bo‘yicha ilmiy ishlar  yaratilmoqda. Grafologiya atamasining rivojlanishiga nemis faylasufi va psixologi Lyudvig Klages (1872-1956) katta hissa qo‘shgan.Zamonaviy olimlar  dastxatning 7 asosiy  xususiyatlarini aniqlashgan.Ular asosida insonning portretini tashkil qilish mumkin  – harflarning o‘lchami, uning qiyaligi  va formasi,  dastxat bosim tezligi,  dastxat yo‘nalishi, so‘zning  yozilish tabiati, dastxatning umumiy bahosi. Dastxat xususiyatlari va inson tabiati jihatlari o‘rtasida albatta bog‘liqlik bor deb grafologlar tahmin qiladilar, chunki inson miyasi yozayotgan qo‘lni boshqaradi. Insonning yoshi ulg‘ayganda va fe’li o‘zgarganda dastxati ham o‘zgarishini olimlar  izohlab berishgan. Ma’lumki, kriminalistlar uchun ham dastxat muhim qurolhisoblanadi. Yozuvshunos ekspertlarning maqsadi – biror bir hujjatning aslligini aniqlashdir. Hujjatning ilmiy  ekspertizasi bo‘yicha  mutaxassislari dastxatning turli yo‘nalishlarini mukammal bilishlari kerak. Shaxsni  to‘g‘ri  aniqlash uchun mutaxassislar dastxatning barcha xususiyatlarini o‘rganadilar. Olimlar tomonidan dastxatlarning inson fe’li bilan bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy ishlar yanada rivojlantiriladi.Mobil qurilmalar va gajetlarning asoschilari bizga elektron xatni o‘z qo‘limizda yozish imkonini beruvchi asbob yaratadilar deb taxmin qilimiz.Baxtimizga, hali hayotimizda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘zimizning betakror dastxatimiz bilan qalb so‘zlarimizni yozgimiz keladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan