SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni
2001-02-15

Xalqaro saratonga chalingan  bolalar kuni. Kasallik birinchi yoki ikkinchi darajasida aniqlansa uni davolash nisbatan ijobiy kechadi.15 fevral- Xalqaro saratonga chalingan bolalar kunini xar yili dunyo mamlakatlarining barchasida nishonlanadi. Bu sana birinchi bo‘lib taqvimda 2001 yilda Butunjahon saratonga chalingan bolalar ota-onalari birlashmasi tashabbusi bilan paydo bo‘ldi.(ICCCRO).Bugungi kunda saratonga chalingan bolalar kuni 40dan ortiq davlatlarda Xalqaro bolalar saratoni onkologlar jamiyati homiyligida o‘tkaziladi.Bugungi aksiyaning dolzarbligi ming afsuski, muammo  bo‘lib o‘sib  bormoqda. Tibbiyot statistikasiga ko‘ra, har yili dunyoda 200mingdan ortiq bola saratonga chalinadi va ulardan yarmi vafot etadi. To‘g‘ri qo‘yilgan tashhis onkologiya kasalliklarini muvaffaqiyatli davolanishining asosiy omili  hisoblanadi.Kasallik birinchi yoki ikkinchi darajada aniqlansa, u ko‘pincha ijobiy natijaga olib keladi.Biroq, saratonning o‘ndan bir qismi uchinchi darajada namoyon bo‘ladi, bemor bolalarning 8foizida  faqatgina kasallikning to‘rtinchi darajasidagina tashhis ma’lum bo‘ladi.Onkolgiyaning murakkabligi shundaki bu kasallikning turlari 200ga yaqin va kasallik inson tanasining xoxlagan qismida boshlanishi mumkin. Yosh bolalarda asosan oqqon(leykimiya) kasalligi uchraydi.Tibbiyot va texnika rivojlangan mamlakatlarda hozirgi kunda saratonga chalingan bolalarning har  to‘rttadan uchtasi tuzalmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda esa bu ko‘rsatkich boshqacha, aynan shunday davlatlarda saratonga chalingan bolalarning 80 foizi yashaydi.Bugungi kunda har bir oqko‘ngil inson qo‘ldan kelgan yordamini ko‘rsatmoqda.Har yili onkologik kasalliklar 100ming o‘smirlar orasida 12-15tasida aniqlanmoqda.Davolanishning zamonaviy usullari orqali kasallangan bolalarning 70foizini tuzalib ketishiga muvaffaq bo‘linmoqda.Vafot etganlarni ham saqlab qolish mumkin edi, lekin mablag‘, donor qoni  va malakali tibbiyot yordami yetishmasligi sababli buning iloji bo‘lmagan. Shularni nazarda tutib,Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni faollari har bir imkoniyati bor va ko‘ngli ochiq insonlarni qo‘ldan kelgan yordamlarini ayamasliklarini : qon topshirish, xayriya fondiga yordam berish, ma’rifatparvarlik ishlarini olib borishga chaqiradilar. Rossiyaning ko‘p shaharlarida shu kuni xayriya fondlari va ko‘ngillilar  kuchi bilan  turli aksiya va bayramlar o‘tkaziladi.Ularning maqsadi- muammoning yechimiga insonlarni jalb qilishgina emas, bugungi kun tushkunlik kuni emas, balki bolalarning, ularning ota-onalarining, shifokorlarning va birovning kasalligiga befarq bo‘lmagan barcha insonlarning saraton ustidan qozonilgan g‘alabasi ekanligini ko‘rsatishdir.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan