SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
Fransuz iqtisodchisi Kene Fransua tavallud topgan kun
1694-06-04

Kene (Quesnay) Fransua (1694.4.6, Mer, Parij yaqinida – 1774.16.12, Versal’) – fransuz iqtisodchisi, fiziokratlar maktabi asoschisi. Tibbiyot  fanlari doktori (1744), qirol Lyudovik XV saroyida saroy vrachi bo’lgan. Tibbiyot va biologiyaga oid asarlar yaratgan. 60 yoshida bevosita iqtisodiyot muammolari bilan shug’ullandi. Kenening don narxlari va soliqlarga bag’ishlangan dastlabki iqtisodiy maqolalari (“Fermerlar”, “Don”, “Soliqlar”) D. Didro ensiklopediyasida bosilib chiqqan. Bu maqolalarda u Fransiya qishloq xo’jaligi va Lyudovik XV iqtisodiy siyosatining ziddiyatlarini ko’rsatib beradi hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritish usullarini o’zgartirish g’oyasini olg’a suradi. U o’zining iqtisodiy dasturini keng umumlashtirilgan tarzda “Dehqonchilik davlati iqtisodiy siyosatining umumiy prinsiplari va ular to’g’risidagi mulohazalar” (1758) asarida bayon qiladi. Bu asarida yer boylikning yagona manbai degan o’zining asosiy g’oyasini asoslaydi. “Xitoy despotizmi” asarida xarajatlardan tashqari (chegirib) taratilgan yangi boylik (“sof mahsulot”) to’g’risida fiziokratik ta’limotni yaratadi. “Savdo to’g’risida” asarida (1765 yil) merkantilizm maktabi qarashlarini tanqid qilib, boylikning savdoda, ayirboshlash jarayonida vujudga kelmasligini asoslaydi. Kene 1758 yilda asosiy va eng muhim asari – “Iqtisodiy jadval”ni chop etib, takror ishlab chiqish nazariyasiga asos soldi. Ushbu jadvalda jamiyat 3 sinfga: yer egalari (hech narsa yaratmaydigan sinf); mulkdor sanoatchilar; ishlab chiqaruvchi dehqon (fermer)lar sinfiga bo’linadi. Shuningdek, xalq xo’jaligi qishloq xo’jalikdan va bu soha mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoatdan iborat deb qaraladi, qishloq xo’jalikda yaratilgan mahsulot sanoatda qayta ishlanadi va ular jamiyatdagi sinflar o’rtasida qayta taqsimlanadi, iste’mol qilinadi. “Sof mahsulot” faqat qishloq xo’jalikda yaratiladi va jamiyatdagi sinflar o’rtasida taqsimlanadi. Ushbu jadvalda birinchi marta makroiqtisodiyot darajasida natural, Tovar shaklidagi moddiy ne’matlar va pul daromadlari oqimi tahlil qilingan. Kenening yana bir xizmati iqtisodiy tahlilning jadval usulini yaratganligi hisoblanadi. Kene o’z tadqiqotlarida “tabiiy tartib” konsepsiyasi (erkin savdo,narx, raqobat, xususiy mulk, kapitalistik tizim)ga asoslanadi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan