SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim tavallud topgan kun
1916-10-15

Ibrohim Rahim

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yili Farg'ona viloyati Quva tumani Soykeldi qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida dunyoga keldi. Qishloq maktabini bitirib, o'qituvchilik qildi. Ulug` Vatan urushining dastlabki kunlaridanoq harbiy xizmatga chaqirilgan Ibrohim Rahim o'zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qildi. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherklar, hikoyalar, xabarlar yozdi.

 Tarjimai hol

1946 yilda harbiy xizmatdan qaytgan adib, respublikamizdagi ro‘znoma va oynoma muharririyatlarida ishlab keldi. Ibrohim Rahim Radio komitetida (1946-1947), Partiya Oliy maktabida (1947-1950), «O'zbekiston ovozi» (1950-1961) ro`znomasi muharriri, «O'zbekfilm» kinostudiyasi rahbari (1960-1966), «Guliston» (1966-1970), «Mushtum» (1976-1982) oynomalarining bosh muharriri vazifalarida ishladi.

Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938 yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan "Bahodir" (1939) poemasidir. Ibrohim Rahim 1953 yili «Hayot buloqlari» romanini yozdi. Keyinchalik bu asar tanqidiy fikr va mulohazalari asosida qayta ishlanib, «Ixlos» (1958) nomi bilan chop etildi. «Chin muhabbat» (1958) va «Fidoyilar» (1972), «General Ravshanov» (1985) kabi romanlarida Ulug‘ Vatan urushi qahramonlarining hayoti, vatanparvarligi aks ettirilgan.

1966 yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini mardonavor tugatish hadida yozuvchi «Tinimsiz shahar» (1968) romanini yozdi. Usning «Taqdir» romani esa yangi shahar qurilishiga bag'ishlangan. Muallifning «Hilola» (1960) qissasi jamoa xo‘jaligida xotip-qizlarning o‘rni, ularni rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish, jamoa xo‘jaligi iqtisodiyotini yuksaltirish singari o'z davrining muhim muammolarini badiiy hal qilishga bag'ishlangan.

Yozuvchining «Zangori kema kapitani», «Olovkor» (1960) qissalarida ham kishilarimizni yuksak ma'naviy qiyofasi, mehnatdagi qahramonliklari aks etgan. «Oqibat» nomli romaniga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti (1983) berilgan. Ibrohim Rahim 1974 yilda «Jonim fido» va «Chaqmoq» nomli dramalar ham yaratdi.

«Chaqmoq»da Belorussiya o‘rmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan, ajoyib partizan, o‘zbek yigiti Mhamadali Topiboldiev obrazi yaratilgan. U «Farhodning jasorati" kinofilmining avtori hamdir. Adib Vatan va xalq oldidagi xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlangan.

Yozuvchi Ibrohim Rahim O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston xalq yozuvchisi hamdir. Ibrohim Rahim rang-barang janrlarda yozgan asarlari bilan o‘zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan