SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Mirzacho‘l tumani tashkil etilgan kun
1967-01-09

1967 yil 9 yanvar – Mirzacho‘l tumani tashkil etilgan kun

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani. Viloyatning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. 1967 yil 9 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 0,42 ming km2. Aholisi 46,6 ming kishi, asosan, o‘zbeklar; shuningdek, qozoq, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o‘rtacha 111 kishi to‘g‘ri keladi (2005). Tumanda 1 shahar (Gagarin), 7 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Gagarin shahri.  Relefi pasttekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental, quruq, qishi sovuq, yozi issiq.   Tuman xo‘jaligi, asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilik bilan shug‘illaniladi. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda qoramol, qo‘y va echki, parranda boqiladi.

                20 ga yaqin umumiy ta’lim maktabi, litsey, agroiqtisodiyot, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejlari bor. 11 kutubxona, 11 klub muassasasi, 4 madaniyat va istirohat bog‘i, stadion va boshqa sport inshootlari mavjud. 4 kasalxona, 3 nodavlat tibbiy muassasa, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsher-akusherlik punkti, 10 dorixona aholiga xizmat ko‘rsatadi. 1968 yildan “Mirzacho‘l ovozi” (avvalgi “Do‘stlik”) tuman gazetasi chiqariladi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2002

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan