SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Qorovulbozor tumani tashkil etilgan kun
1993-01-12

1993 yil 12 yanvar – Qorovulbozor tumani tashkil etilgan kun

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani. Viloyatning janubida joylashgan. 1993 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 2,2 ming km2. Aholisi 13,7 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, rus, turkman, tatar, ozarbayjon, arman, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 6,2 kishi (2006). Tumanda 1 shahar (Qorovulbozor), 3 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi - Qorovulbozor shahri.

                Tuman relefi, asosan, tekislik. Adir, qir va qumli cho‘l, barxanlar, taqir, sho‘rxoklar bor. Tumandagi xo‘jaliklar yerlari Amu-Buxoro mashina kanalidan suv oladigan Do‘stlik va Qorovulbozor magistral kanallaridan sug‘oriladi.

                7 umumiy ta’lim maktabi, bolalar musiqa, sport maktablari, biznes maktabi, kasb-hunar kolleji, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, 2 klub muassasasi, 4 kutubxona, madaniyat va istirohat bog‘i, yoshlar markazi majmui, “Go‘zal” sport sog‘lomlashtirish majmui, markaziy stadion, tennis korti, “Delfin” suzish havzasi va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, markaziy poliklinika, 3 qishloq vrachlik punkti, 2 feldsher-akusherlik punkti, tez tibbiy yordam punkti, 15 sog‘lomlashtirish punkti, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar, “Lola” bolalar sanatoriysi bor.

                Tuman hududidan o‘tgan temir yo‘l orqali Kogon, Qarshi, Kitob, G‘uzor, Termiz yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashuvchi poezdlar qatnaydi. Tumandagi avtomobil yo‘llar uzinligi 88 km, shu jumladan xalqaro ahamiyatdagisi 53 km. Buxoro-Qarshi avtomobil magistrali o‘tgan. Me’moriy yodgorliklardan Qorovulbozor va Bo‘zachidagi qadimiy sardobalar (16-asr) saqlangan. 1993 yildan “Qorovulbozor tongi” tuman gazetasi nashr etiladi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2006


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan