
29 fevral - Xalqaro kamyob kasalliklar kuni
Kamyob kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha Yevropa tashkilotining tashabbusi bilan 29 fevral yilning eng kamyob kuni bo‘lganligi sababli, shu kuni Xalqaro kamyob kasalliklar kuniga rasmiy maqom berildi. Bu kunning maqsadi - kamyob kasalliklar bilan og‘riyotgan bemorlar muammolariga keng jamoatchilikni jalb qilish, hamda bu kasalliklar bo‘yicha tushunchalarini kengaytirish, kasalliklarning inson hayotiga ta’siri haqida ma’lumotlar berish. Kamyob kasalliklarning turli asoratlariga qaramay, bemorlarning muammolari bir xil. Bular to‘g‘ri diagnoz qo‘yilmasligi, qechiktirilib diagnoz qo‘yilishi, sifatli ma’lumotlarning, ko‘p hollarda kasallik haqida ilmiy bilimlarning,sifatli tibbiy yordamning yo‘qligi va davolanishdagi qiyinchiliklardir. Kamyob kasalliklar tibbiyotning har bir sohasida bor.Ularning taxminan 80% irsiy xususiyatga ega.Ekspertlarning baholashi bo‘yicha, 5-7 mingga yaqin kamyob kasalliklar inson hayoti uchun xavfli. Ulardan eng antiqa kasalliklar: Kabuki sindromi (Yevropada 300ga yaqin holatlari qayd qilingan), Pallistera- Killiana sindromi (Yevropada – 30 holat), suyak geteroplaziyasi, Niman – Pik kasalligi, Goshe kasalligi.Ko‘p uchraydigan kamyob kasalliklar: mukovissidoz, gemofiliya, saratonning turli ko‘rinishlari, mieloma, Alsgeymer kasalligi, Gentington kasalligi va boshqalar.Rossiyada 2008 yildan boshlab «Kamyob kasalliklar kuni» nishonlana boshlandi.Shu kuni Rossiya bo‘ylab muxtojlarga yordam berish maqsadida eng katta tadbir – xayriya aksiyasi o‘tkaziladi. Aksiya davomida yig‘ilgan mablag‘lar kamyob kasalliklar bilan qiynalayotgan bemorlarni davolashga yuboriladi.