SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121314
16171819202122
23242526272829
3031     
Olot tumani tashkil etilgan kun
1943-02-14

1943 yil 14 fevral – Olot tumani tashkil etilgan kun

Buxoro viloyati Olot tumani. Viloyatning janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan. 1943 yil 14 fevralda tashkil etilgan (1960-73 va 1983-89 yillarda Qorako‘l tumani tarkibida bo‘lgan). Maydoni 3,22 ming km2. Aholisi 76,9 ming kishi, asosan, o‘zbeklardan iborat, shuningdek, turkman, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. O‘rtacha 1 km2 ga 23,9 kishi to‘g‘ri keladi (2006). Tumanda 1 shahar (Olot), 10 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Olot shahri.

                Tuman hududi Zarafshon daryosining eng quyi qismidagi tekislikda joylashgan. Dengizko‘l botig‘i (160 m) va Dengizko‘l platosi o‘rtasida balandliklar bor. Tumanning 10% ga yaqin maydoni o‘zlashtirilgan vohadan iborat, qolgan qismi qumli, gipsli, gilli, sho‘rxok cho‘llardir.

                Tumanda 8 yirik sanoat korxonasi mavjud. O‘zbekiston-Shveysariya-Germaniya qo‘shma korxonasida paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik tarmoqlari bor. 2 avtokorxona ishlab turibdi. Tuman xo‘jaligi, asosan, paxtachilik, g‘allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik ham rivojlangan. Fermer xo‘jaliklari, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi, qo‘ychilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatadi. Jamoa va xususiy xo‘jaliklarda qoramol, qo‘y va echki, parranda boqiladi. Buxoro-Olot yo‘nalishida poezd qatnaydi.

                35 umumiy ta’lim maktabi, Olot qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji, muzey, 38 kutubxona, 19 klub, madaniyat va istirohat bohi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, feldsher-akusherlik punktlari aholiga xizmat ko‘rsatadi. 1954 yildan “Olot hayoti” tuman gazetasi chop etiladi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2006

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan