Lyuis Garri Sinkler (1885.7.2, Sok-Sentr, Minnesota –
1951.10.1, Rim) – amerikalik yozuvchi. Birinchi nasriy asari Tom Gren taxallusi bilan chop etilgan. Bolalarga
atalgan bu kitobni “Aeroplanda sayr” (1912) deb nomlagan. Birinchi romani
“Bizning mister Renn” (1915), ikkinchisi esa “Burgut parvozi” (1915).
20-asrlardagi eng yaxshi realistik asarlari ichida “Asosiy ko‘cha” (1920),
“Bebtit” (1922), “Erousmit” (1925, hammuallif) romanlari ajralib turadi. Jiddiy
siyosiy asarlar – “Bizda buning iloji yo‘q” (1935) roman-pamfleti, “Gideon
Plensh” (1943) hajviy romani, “Kingsblad, qirollar nasli” nomli irqchilikka
qarshi kurash, fuqarolik vijdoni haqidagi roman muallifi. 1949 yildan Italiyada
yashagan. So‘nggi yillarda yaratgan “Xudojo‘y” (1949), “Olam shunchalik keng”
(1951) romanlari badiiy yuksakligi bilan ajraladi. Bir qancha hikoya, pesa va
maqolalari bor. Nobel mukofoti laureati (1930).
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005