SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2021
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
252627282930 
Opera xonandasi va aktrisa Mavlonova Oysha tavallud topgan kun
1922-02-07

Mavlonova Oysha (1922.7.2, Turkiston – 1991.1.12, Samarqand) – opera xonandasi (messo-soprano) va aktrisa. O‘zbekiston xalq artisti (1974). H.Nosirovaning izdoshi. Jizzax kolxoz-sovxoz teatri (1936-46), Samarqanddagi  H. Olimjon nomidagi teatr (1946-64), Samarqand opera va balet teatri (1964-77)da aktrisa  va xonanda. Sahnaviy iste’dod va keng diapozonli ovozga ega bo‘lgan. Mavlonova  “Gulsara” (R. Glier, T. Sodiqov), “Nurxon” (T. Jalilov), “Nodira” (K. Jabborov, S. Hayitboyev), “Suymaganga suykanma” (S. Xo‘janiyozov), “Oltin qo‘l” (M. Leviev), “Oshiq g‘arib” (K. Otaniyozov va M. Yusupov) kabi musiqali dramalarda, “Farhod va Shirin” (V. Uspenskiy va G. Mushel), “Maysaraning ishi” (S. Yudakov), “Hamza” (S. Boboyev) va boshqa operalarda bosh partiyalarni ijro etgan. Mavlonova o‘z qahramonlarining ruhiy holati, ichki dunyosini psixologik teranlik va izchillikda mohirona talqin etgan. Konsert repertuaridan, “Munojot”, “Chorgoh” va boshqa mumtoz ashulalar o‘rin olgan.

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan