SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
171819202122
23242526272829
30      
O’zbekiston xalq artisti Naima Po’latova tavallud topgan kun
1939-06-04

Po’latova Naima Qudratovna (1939.4.6, Toshkent) – aktrisa, xonanda (soprano). O’zbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1963). 1958 yildan Muqimiy teatrida ishlaydi. Po’latova asosan lirik qahramonlar ijrochisi bo’lib, sevgi sanamlarining iztiroblari, ularning ichki kechinmalarini ham dramatik, ham musiqiy talqinda tomoshabinga mohirona yetkazish, onalarga xos mushfiqu – mehribonlik, bardoshlik, uning psixologik va dramatik holatini ifodalashda o’ziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Nurxon (“Nurxon”), Alima (“Momo yer”), Zulxumor (“Ravshan va Zulxumor”), Oyparcha (“Nodira”), Shirin (“Farhod va Shirin”), Holisxon (“Paranji sirlari”), Gulruh (“Navoiy Astrobodda”), Obida (“Mavlono Muqimiy”), Hayotxon (“Farg’ona tong otguncha”), Amal (“Guli siyoh”), Jamila (“Devona”), ona (“Mangu mash’al”, “To’ydan keyin tomosha”) kabi rollari bilan tanilgan. Xonanda sifatida “Munojot”, “Aylanay”, “Aqli raso bo’lsin”, “Fig’onkim”, “Sevgi nidosi”, “Qarshi gullari”, “Otmagay tong”, “Abdurahmonbegi” va boshqa mumtoz va zamonaviy qo’shiqlarni ijro etgan. Fil’mlar (“Kelinlar qo’zg’oloni”, “O’zganing baxti”, “To’ylar muborak”, “Karaxtlik”, “Mehrobdan chayon” kabilar)da ham suratga tushgan.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan