SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242527
28      
Nemis kompozitori Gendel (Handel) Georg Fridrix tavallud topgan kun
1685-02-23

Gendel (Handel) Georg Fridrix ( 1685.23.2, Galle - 1759.14.4, London) - nemis kompozitori, 1706-10 yillarda italiyada yashab, klavir va organ ijrochisi sifatida shuhrat qozongan. 1720-41 yillarda London opera teatri (Qirol musiqa akademiyasi)ning rahbari. “Rinaldo” (1711), “Radamist” (1720), “Yuliy Sezar” (1724), “Richard I” (1727), “Kserks” (1738) kabi 40 dan ortiq tarixiy opera yozgan. Sharq mavzularida “Temur” (1724), “Kir, Forsiya podshosi” (1728), “Por Hindiston podshosi” (1731) operalarini yaratib, ular tarkibiga ekzotik sahnalar kiritgan. Oratoriya janrini tubdan qayta ishlab, monumental, ulug‘vorlik va dramatizm bilan sug‘orilgan asarlar ijod qilgan.  Gendelxor musiqasi ustasi, shuningdek ommabop, ta'sirchan musiqa uslubini yaratgan. Kantatalar, orkestr va organ konsertlari, cholg‘u syuta, sonata, ochiq havoda ijro etishga mos “Suv sathi musiqasi” (1716), “Mushakbozlik musiqasi” (1749) va boshqa asarlar muallifi. London (1843), Laypsit (1856), Galle (1955) shaharlarida Gendel jamiyatlari tashkil etilgan. 1952 yildan Galle shahrida Gendel musiqa bayramlari o‘tkaziladi. 

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T:. 2001


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan