
27 fevral – Xalqaro oq ayiqlar kuni
Oq ayiqlarni faqat Arktika kengliklarida, Shimoliy qutb yaqinlarida uchratish mumkin. 27 fevral kuni “Xalqaro oq ayiqlar kuni” dunyo bo‘yicha nishonlanadi. Bu kunni nishonlashning asosiy maqsadi qutb ayiqlari haqida ma’lumotlarni tarqatish va ularni qo‘riqlash masalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdir, hamda qutb muzliklarining erib borishi natijasida qutb ayiqlarining ko‘payishi yo‘qolib borishi sabablarini hal qilish ishlari ko‘riladi. Oq ayiqlar hayotiga xavf soluvchi yana bir sabab, neft qazib chiqarish oqibatida atrof - muhitning ifloslanishidir. Oxirgi yillarning ma’lumotiga ko‘ra, qutb ayiqlari taxminan 5 million yil avval paydo bo‘lgan. Uning ajdodi qo‘ng‘ir ayiq hisoblanadi. Yerda yashovchi qo‘ng‘ir ayiqqa qaraganda, qutb ayig‘i Shimolda, muzliklar orasidagi hayotga juda yaxshi moslashib olgan. Hozirgi kunda dunyoda olimlarning taxminiy hisobiga ko‘ra, oq ayiqlar soni 20-25 mingga yaqin. Qutb ayiqlarini o‘rganuvchi dunyoning yetakchi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, qutb ayiqlarinig 19 turidan – 8 turi kamaygan, 3 turi bir maromda va 1 turi ko‘paygan.Qolgan 7 turi bo‘yicha ma’lumot olish juda qiyin.Global issiqlik natijasida Arktika muzliklarining erishi kelib chiqmoqda, buning oqibatida 2050 yillarga kelib, oq ayiqlarning uchdan ikki qismi yo‘qolib ketishi mumkin. Birinchi navbatda “Oq ayiqlar kuni” 5 mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega, bu yerlarda oq ayiqlar ko‘payadilar - Rossiya, Norvegiya, Kanada, Grenlandiya va AQSh(Alyaska). 2008 yil may oyida AQSh qutb ayiqlarini yo‘qolib ketish xavfi ostida statusi bilan “Qizil kitob”ga kiritgan.Kanada va Rossiya oq ayiqlarga “zaif tur” degan statusini belgilab berishgan. Qiziqarlisi shundaki, qutb ayiqlari atrof - muhit temperaturasi minus 45 gradus va undan pastroqda o‘zlarini juda yaxshi his qiladilar.Oq ayiqlarda issiqlik ikki qavat mo‘yna va qalin teri ostidagi yog‘ qatlami hisobiga saqlanib turadi.Oq ayiqlar organizmining qizib ketishidan ko‘proq aziyat chekadilar, ayniqsa ov qilish vaqtida o‘lja ketidan yugurganlarida. Qutb ayiqlarining og‘irligi odatda 350-550 kilogrammgacha bo‘ladi, lekin og‘irligi 550 kilogrammdan ko‘proq bo‘lgan individuumlar ham uchraydi. Bu jonivorlarni o‘rganish jarayonida eng yirik erkak jinsli qutb ayig‘ining og‘irligi bir tonna bo‘lgan. Urg‘ochi ayiqlar og‘irligi o‘rtacha 150 dan 300 kilogrammgacha bo‘ladi.Odatda urg‘ochi qutb ayiqlarida ikkitadan bola tug‘iladi, ba’zan ona ayiqning yashash sharoitiga qarab 3ta ayiq bolalari dunyoga kelishi mumkin yoki teskarisi faqat bitta ayiq bolasi tug‘iladi. Ayiq bolalari 2,5 yoshgacha onasi bilan bo‘ladilar, ular ov qilishga o‘rganadilar va qattiq Arktika muhitida yashash uchun moslashadilar.