SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 23456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Butunjahon qor kuni
2012-01-19

19 yanvar – Butunjahon qor kuni.

Butunjahon qor kuni (Xalqaro qishki sport o‘yinlari kuni). Rossiyada birinchi butunjahon qor kuni bir necha hududlarida 19 yanvar kuni nishonlangan (2014 yil sanasi uchun). 2012 yilda dunyoda yana bir yaxshi an’ana paydo bo‘ldi. 2012 yilning qish oyi yanvarning oxirgidan bitta oldingi yakshanba kuni  Xalqaro chang‘i sporti qo‘mitasi tashabbusi bilan yangi bayram nishonlanadi – Butunjahon qor kuni. Uning boshqacha nomi – Butunjahon qishki sport o‘yinlari kuni. Bayramning maqsadi – qishki sport o‘yinlariga yoshlarni jalb qilish va ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish. Xalqaro chang‘i sporti qo‘mitasining loyihasi bo‘yicha, bu kuni turli hil “qor festivallar” o‘tadi, kattalar va bolalar konkida, chang‘ida musobaqalarida qatnashadilar. Tashkilotchilarning fikricha, bu kun hamma qordan zavq olishi, o‘zaro muloqot, tanishish va qishki sportning oppoq kelajagiga sho‘ng‘ishdan ,ya’ni bu o‘yinlar faqat bellashuvgina emas,balki o‘yin –kulguga boy bo‘lishi kerakdir. Xalqaro chang‘i sporti qo‘mitasi prezidenti Djan-Franko Kasperning ta’kidlashicha : bugungi kun bolalarining ba’zilari kelajakka umidsizlik bilan qarashmoqda, aminmizki bu tadbir bolalarni va ularning oila a’zolarini qordan bahra olishga va sog‘lom turmush tarzidan zavq olishga yo‘naltirilgan. Bu bayramning tashkil etilishining ikkinchi qadami “bolalarni qorga olib chiqamiz” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Qor kuni bejiz tanlanmagan, chunki yanvar oyining oxirida bolalarning ta’tillari va bayram tantanalari tugagan bir paytda ularning nazarini tog‘ chang‘i o‘yinlariga qaratishdir. Bayramning birinchi yilida 20dan ortiq davlatlar: AQSh, Kanada, Avstraliya, Shveysariya, Finlyandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Polsha, Turkiya, Qozog‘iston, Ukraina qatnashgan bo‘lsa, ikkinchi yilga kelib xalqaro festivalni qo‘llab-quvvatlash istagini 40dan ortiq davlatlar bildirishdi. Rossiyada  birinchi Xalqaro qor kuni bir necha hududlarda nishonlangan. Ularga butun dunyoga mashhur “Suv qunduzi uyasi” (Krasnoyarsk), “Abzakovo” (Magnitogorsk yaqinida). “Roza Xutor” (Sochi) va boshqa shunga o‘xshash tog‘ chang‘i dam olish maskanlari qo‘shilishdi. Bayramni xalq sayllari, sport musobaqalari, qishki karnavallar, qor otish va chang‘ida uchish o‘yinlari bilan nishonladilar. 2012 yilda Magnitogorsk shahri aholisi dunyoda eng katta qor sharini yasab, Ginnes rekordlari kitobiga kirishga harakat qilishgan.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan