SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Xalqaro “Bitlz” kuni
2001-01-16

16 yanvar – Xalqaro  “Bitlz” kuni.

2001 yildan YuNESKO  qaroriga  ko‘ra  Xalqaro “Bitlz” kuni nishonlanadi (The Beatles). Bugungi kunda haqiqiy musiqa shinavandalarning quloqchinlar (naushniki) va ovoz kuchaytirgich (kolonka)laridan ushbu qo‘shiqlar : “Yesterday”, “Yellow Submarine” , “Let lt Be” va shu tariqa hamma zamon va xalqlar  musiqa ixlosmandlarining Liverpullik afsonaviy to‘rtligi  qo‘shiqlari yangrashi kerak. Bu sana bekorga tanlanmagan. 1957 yil 16 yanvarda Liverpulda  “The Cavern” klubi ochilgan, aynan shu yerda xech kimga hali ma’lum bo‘lmagan yosh musiqachilar  Djon Lennon, Pol Makkartni, Djordj Xarrisonlar  mashhurlik sari o‘z yo‘llarini boshlashgan. 2 yil o‘tgach ular qatoriga  Ringo Starr  kelib qo‘shilgan. Keyinchalik 16 yanvarda  “Bitlz” tarixida yana bir muhim sana bo‘lib o‘tdi, bu kuni 1964 yilda “Sashbox” jurnali “I  Want  To  Hold  Your  Hand”  qo‘shig‘iga o‘tkazilgan amerika xit-paradida birinchi o‘ringa loyiq topildi, shundan so‘ng bu ohangni 10 kun ichida millionlab muxlislar qalbiga yetib bordi. The Beatles rasman 8 yil faoliyat ko‘rsatdi. Bu orada yigitlar muxislar ixtiyoriga 13 ta albom sovg‘a qildilar va ulardagi har bir qo‘shiq dunyo bo‘ylab xit qo‘shiqqa aylandi. Ular amerika klassik rok-n-roll (Elvis Persli ijodi) dan ilhomlanib o‘zining yo‘naliga ega bo‘lishdi. Shundan boshlab duyoda “bitlomaniya” oqimi yuzaga keldi. Guruh dunyo musiqa san’ati rivojiga o‘zining betakiror ulushini qo‘shib, “Rolling Stone” jurnali ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning eng buyuk xonandalari orasidan birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan