SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
Mirishkor tumani tashkil etilgan kun
2003-01-06

2003 yil 6 yanvar – Mirishkor tumani tashkil etilgan kun

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani. Viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan. 2003 yil 6 yanvarda Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. Maydoni 3,1 ming km2. Aholisi 84,3 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, turkman, tojik, arab, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 12 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Yangi Mirishkor qishlog‘i.

                Tumanda sanoat, qurilish korxonalari,  2177 kichik korxona, mikrofirmalar, 250 dan ziyod maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud. O‘zbekiston-Isroil “Eynab” qo‘shma korxonasi ishlab turibdi.

                Qishloq xo‘jaligining asosiy sohalari – paxtachilik, g‘allachilik va chorvachilik. 1500 fermer xo‘jaligi faoliyat yuritadi. Ekin maydonlariga paxta, g‘alla, sabzovot, poliz, kartoshka ekinlari ekiladi. Meva, uzum, sut, go‘sht, pilla, qorako‘l teri va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. Jamoa va xususiy xo‘jaliklarda qoramol, qo‘y va echki, parranda, yilqi boqiladi.

                40 ga yaqin umumiy ta’lim, bolalar musiqa maktablari, 3 litsey va ixtisoslashtirilgan maktab, 3 kasb-hunar kolleji faoliyat ko‘rsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 25 tarmog‘i, 9 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat bog‘i, madaniyat uylari bor. Stadion, futbol maydonlari, sport zallari va boshoqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko‘rsatadi. 1978 yil 1 apreldan “Mirishkor mash’ali” tuman gazetasi chiqariladi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2002

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan